2023 yil 1 avgust kuni oʻtkazilgan oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yoʻnalishlariga kirish test sinovi natijalari e'lon qilindi.
1 avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abiturientlar oʻz natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:
my.uzbmb.uz saytining «Natijani olish» boʻlimidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda;
mandat.uzbmb.uz sayti orqali abiturient qayd varaqasi yoki abiturient ruxsatnomasida koʻrsatilgan abiturientning ID-raqamini kiritgan holda;
Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abiturient qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida koʻrsatilgan abiturientning ID-raqamini yuborgan holda:
@e_dtm_mandatbot;
@e_dtm_mandat1bot;
@e_dtm_mandat2bot;
@e_dtm_mandat3bot;
@e_dtm_mandat4bot.