10:00 / 09.08.2023
137

Navoiy viloyatida 400 mln so‘mlik qalbaki pullarni ishlab chiqargan shaxslar ushlandi

Navoiy viloyatida 400 mln so‘mlik qalbaki pullarni ishlab chiqargan shaxslar ushlandi
Foto: Navoiy viloyati IIB

Qiziltepa tumanida qalbaki pul ishlab chiqarish bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 6 avgust kuni viloyat IIB TQX JQB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir jarayonida tumanda yashovchi fuqaro A.R. shartli xaridorga jami 400 mln so‘m qalbaki pullarni 160 mln so‘mga sotishga kelishib, ushbu pulni olgan vaqtida ushlangan. A.R. olib borilgan tezkor suhbat davomida u 200 ming so‘mlik kupyuralarni Qiziltepa tumani Bo‘lakrabot mahallasi hududida joylashgan “Qiziltepa turon” MCHJga qarashli savdo do‘konida tanishi A.X. bilan birgalikda bosib chiqarganini bildirgan.

Savdo do‘koni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan borib ko‘zdan kechirilganida u yerdan qalbaki kupyuralarni bosib chiqarishda foydalanilgan noutbuk, rangli printer hamda qalbaki pullar topilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat