date
views 87

Toshkentda AQSHga ishga yuborish evaziga 51 ming dollar olgan shaxslar ushlandi

Toshkentda AQSHga ishga yuborish evaziga 51 ming dollar olgan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrida Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqarolar B.Ya. va Sh.Ya. fuqaro O.O.ga tanishlari yordamida xorijga chiqish viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishi hamda uni Turkiya davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborish evaziga 51 ming AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda AQSHga ishga yuborish evaziga 51 ming dollar olgan shaxslar ushlandi
-->