O‘zbekistondagi maktablarda 2023/2024-o‘quv yili 4 sentyabrdan boshlanadi, deb xabar bermoqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.
Qayd etilishicha, prezidentning “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2 sentyabr, shanba qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilangani sababli 1–3 sentyabr barcha uchun dam olish kunlari sanaladi.
“Shu munosabat bilan respublikamizdagi barcha maktablarda yangi — 2023/2024-o‘quv yili dars jarayonlari 2023 yil 4 sentyabrdan (dushanba kuni) boshlanishini ma’lum qilamiz”, deyiladi vazirlik axborotida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar