23:51 / 11.08.2023
229

Ijro harakatlari natijasida ayol kelinlik uyiga kiritib qo‘yildi

Ijro harakatlari natijasida ayol kelinlik uyiga kiritib qo‘yildi

Fuqarolik ishlari buyicha Izboskan tumanlararo sudining 10.06.2023 yildagi ijro hujjatiga asosan da’vogar M.Karimova bir nafar farzandi bilan tumanning Tinchlik mahallasidagi kelin bo‘lib tushgan xonadoniga  majburiy tartibda kiritilishi belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Izboskan tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan hamda ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib, taraflar bu haqida ogohlantirilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida xolislar va majburiy ijroga jalb etilgan mutasaddilar ishtirokida M.Karimova oila a’zolari bilan ijro hujjatida ko‘rsatilgan uy-joyga kiritib qo‘yildi hamda bu haqida tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi.


Byuroning Izboskan tuman bo‘limi davlat ijrochisi

Baxromjon Satiboldiyev


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat