13:06 / 14.08.2023
246

Qashqadaryoda yangi qurib bitkazilgan choyxona yonib ketdi

Kadr: Telegram

Qashqadaryo viloyati FVB Ko‘kdala tumanidagi choyxonada sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 13-avgust kuni soat 21:22 larda Ko‘kdala tumani FVB dispetcherlik xizmatiga tuman hududidagi “Xo‘jaobod” MFY hududida joylashgan yangi qurib bitkazilgan choyxonada yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, yong‘inga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilinib, soat taxminan 21:25 larda voqea joyiga yetib borgan (oraliq masofa 1 kilometr) va soat taxminan 22:30 larda to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida tadbirkor S.T.ga qarashli choyxonaning 260 metr kvadrat maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan.

“Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q, hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat