date
views 339

Xorazmda 43 yoshli erkak qiz bolani olib qochishga urindi (video)

Xorazmda 43 yoshli erkak qiz bolani olib qochishga urindi (video)

Xorazm viloyati Urganch shahrida 43 yoshli erkak qiz bolani o‘g‘irlab ketishga uringani aks etgan video tarqaldi. Viloyat IIB holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 14 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahrida bir nafar erkak voyaga yetmagan qizga nisbatan shubhali harakat qilganlikda gumonlanib, bir guruh fuqarolar tomonidan ushlanib, ichki ishlar organlari xodimlariga topshirilgani aks etgan videolavhalar tarqaldi.

Mazkur videolavhada aks etgan holat 14 avgust kuni soat 13:40 larda Urganch shahrida sodir bo‘lgan. Voyaga yetmagan qizga nisbatan shubhali harakat qilishda gumonlangan shaxs — Urganch shahrida yashovchi, 2006 yildan buyon shizofreniya tashxisi bilan ruhiy-asab kasalliklar dispanserida hisobda turgan, 1980 yilda tug‘ilgan B.M. ekani ma’lum bo‘ldi va u shu kunning o‘zida ruhiy-asab kasalliklar dispanseriga joylashtirildi.

Holatga aniqlik kiritish yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda 43 yoshli erkak qiz bolani olib qochishga urindi (video)