Foto: O‘zaviatsiya
O‘zbekiston va tegishli davlatlar o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim asosida "O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan qator aviatashuvchilarga O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ekspluatatsion ruxsatnomalari berildi.
Ular:
- Hindistonning IndiGo aviakompaniyasiga Dehli - Toshkent - Dehli yo‘nalishida A-320NEO va A-321 NEO havo kemalarida;
- Polshaning LOT Polish Airlines aviakompaniyasiga Varshava - Toshkent - Varshava yo‘nalishida Boeing-737-8MAX havo kemasida;
- Malayziyaning Malinda Airways aviakompaniyasiga Kuala-Lumpur - Toshkent - Kuala-Lumpur yo‘nalishida A-330 havo kemasida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar