Navoiyda ayol yangi tug‘ilgan qizini 90 million so‘mga sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Navoiy viloyati DXX, ichki ishlar hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti viloyat boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.Ch. qizi 2023 yilda tug‘ilgan B.D.ni boshqa bir fuqaroga 90 million so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar