16:30 / 25.08.2023
209

Viloyat 4-sektor rahbari Qibrayda sayyor qabul o‘tkazdi

Viloyat 4-sektor rahbari Qibrayda sayyor qabul o‘tkazdi

Bugun Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektori rahbari Alovitdin Inagamov Qibray tumanining Botanika, Yoshlik, Darhon hamda Oq-oltin mahalla aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda tuman sektorlari rahbarlari, mutasaddi idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdilar.

Aholi bilan muloqot davomida elektr energiyasi, ichimlik suvi, bolalar maydonchasi qurish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, davolanishga amaliy yordam berish, bandlikni ta’minlash kabi ko‘plab masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.

Sayyor qabul davomida 22 ta fuqarodan 44 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, ayrim murojaatlar shu yerning o‘zida qanoatlantirilib, ma’lum muddat talab qilinadigan masalalar tegishli mutasaddi idora va tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat