Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limidagi masalalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilyapti.
Muallimlarga malaka toifasini berish ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda pedagogning bilimi dastlabki imtihonda baholanib, 70 foizdan ko‘p ball to‘plaganlar ikkinchi bosqichga o‘tadi.
Ikkinchi bosqichda: ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashi, o‘quvchilar bilan ishlash metodikasi va baholashdagi yondashuvlari tekshiriladi; bilim va mahorati natijalariga qarab, muallimga malaka toifasi beriladi.
Yil yakuniga qadar yangi tajriba o‘qituvchilarning bilim darajasi past bo‘lgan 20 ta tumanda sinovdan o‘tkaziladi.
Prezident Shavkat MirziyoyevMaktab Ta'limiMuallimlarga MalakaPedagogik TexnologiyalarIlg'or PedagoglarO‘quvchilar Bilan Ishlash O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar