11:22 / 31.08.2023
155

Bo‘kada "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!" bayram tadbiri o‘tkazildi

Bo‘kada "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!" bayram tadbiri o‘tkazildi

Bo‘ka tumanidagi Bo‘ka mahalla fuqarolar yig‘inida mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!" bosh g‘oyasi asosida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Viloyat 4-sektor rahbari tashabbusi ostida tashkil qilingan bu galgi  bayram mahalla ahliga  har yilgiga qaraganda yanada ko‘tarinki ruh, bayramona jo‘shqin kayfiyat bag‘ishladi.

Aytish kerakki, sektor rahbari ko‘magida ”Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” mezonlari asosida Bo‘ka  mahallasi infratuzilmasini yaxshilash, aholi  bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning  muammolarini hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar aholining turmush sharoitlarini yaxshilashda muhim omil bo‘ldi.

 Amalga oshirilgan qurilish va bunyodkorlik ishlari natijasida qisqa muddat ichida  mahalla qiyofasi butunlay yangicha ko‘rinish kasb etib, obod va ko‘rkam go‘shaga aylandi.

Bayram tadbiri 4-sektor rahbarining sayyor qabuli bilan boshlandi. Qabul jarayonida aholi tadbirkorlik, tibbiyot, bandlik, to‘lov kontrakt, kredit rasmiylashtirish, ijtimoiy yordamga oid 12 ta yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zlarini qiynayotgan muammolari bilan murojaat qilib, kerakli tavsiyalarni oldilar. Kelib tushgan murojaatlarga tegishliligi bo‘yicha qonuniy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatildi hamda  huquqiy maslahatlar berildi.

Shundan so‘ng sport musobaqalaridan shaxmat va futbolga start berildi. Musobaqada 6 ta mahalla jamoalari o‘zaro bellashib, eng kuchlilalari aniqlandi. G‘oliblarga 4-sektor rahbarining kubogi topshirildi.

Bayram tantanasi doirasida mahallada yetishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi ham tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yig‘ilganlarni Mustaqilligimizning 32 yillik shodiyonasi bilan qutlab, “Eng obod xonadon»,  “Eng obod ko‘cha» “Mahallaning eng faol fuqarosi” nominatsiyalari g‘oliblariga viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Shuningdek, yig‘ilganlarga bayram dasturxoni yozilib konsert dasturlari namoyish etildi.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat