Bilimlar kuni o‘quvchilarni yana o‘z bag‘riga chorladi. Yangi o‘quv yili istiqlolimizning 32 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari hamda Mustaqillik darslari bilan boshlandi. Katta quvonchlar bilan kutib olingan bu kunda Olmazor tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi barcha maktablarda bayram tadbirlari o‘tkazildi. Bo‘lib o‘tgan "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlarida maktab o‘qituvchilari hamda davlat idoralari vakillari ham ishtirok etishdi.
Xususan, Byuroning Olmazor tuman bo‘limi xodimlari va boshqa tegishli soha vakillaridan iborat mas’ullar 315-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirok etgan holda maktabda tashkil etilgan "Mustaqillik dars"ida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi davrida erishilgan yutuqlar haqida o‘quvchilarga so‘zlab berishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!