date
views 159

AQSH 2023 yil uchun Green Card berishni yakunladi

AQSH 2023 yil uchun Green Card berishni yakunladi

AQSH hukumati 2023 yil uchun Green Card berish jarayonini yakunladi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlarning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

Shu bois, 2023 yilgi DV dasturi bo‘yicha suhbatlar butun dunyo bo‘ylab, jumladan O‘zbekiston uchun ham to‘xtatildi.

«AQSH hukumati 2023 yilgi DV dasturi uchun belgilangan barcha immigratsion vizalarni taqdim etdi. Sentyabr oyining kolgan kunlariga belgilangan DV dasturi bo‘yicha suhbatlar butun dunyo bo‘ylab, jumladan O‘zbekistonda xam bekor qilindi. DV-2023 dasturi bo‘yicha viza uchun suhbatdan o‘tgan, ammo viza olmagan murojaatchilar endi viza olish huquqiga ega emas», deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, Green Card lotereyasi 1990 yilgi immigratsiya to‘g‘risidagi qonunga asosan ishlab chiqilgan loyiha hisoblanadi. Unda g‘olib chiqqanlar AQSHda qonuniy yashash va ishlash huquqini beruvchi vizaga ega bo‘ladi. Lotereyani o‘tkazish, g‘oliblarni aniqlash va ularga viza berish bilan Davlat departamenti shug‘ullanadi.

Har yili 55 mingta viza uchun dunyo bo‘ylab 20 milliondan ko‘proq odam ariza topshiradi. Odatda g‘olib sifatida qayd etilgan ariza beruvchilarning 50 foizdan ko‘prog‘i viza bo‘yicha intervyudan o‘tgan taqdirdagina Green Card vizasiga ega bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSH 2023 yil uchun Green Card berishni yakunladi