Majburiy ijro byurosi Qo‘qon shahar bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 23.12.2022 yil kungi ijro varaqasiga asosan javobgar A.Mamadjanovdan undiruvchi Kadastr agentligi Qo‘qon shahar bo‘limi foydasini ko‘zlab Qo‘qon shahar Movaraunnaxr ko‘chasi “Istambul kafesi” yonida joylashgan noqonuniy qurilma (naves) buzdirish to‘g‘risida ijro hujjati kelib tushgan.
Ijro harakatlari davomida javobgarga ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun muddat berilgan. Belgilangan muddat ichida qarzdor tomonidan buzdirilmaganligi sababli, majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.
O‘tkazilgan majburiy ijro harakatlari davomida davlat ijrochisining 05.09.2023 yildagi noqonuniy qurilma (naves) buzdirliganligi to‘g‘risidagi dalolatnomaga asosan ijro hujjati ijrosi O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasi 1-bandiga asosan amalda tamomlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!