Insonga e’tibor yuqori darajasiga ko‘tarilgan yurtda, davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi davlat organlari rahbar va xodimlarining faoliyatining pirovardiga aylanib ulgurgani hech kimga sir emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi, Davlat organlari ishonch telefonlari, ayniqsa sayyor qabullari orqali kelayotgan murojaatlardagi muammolarini hal etilishi kutilgan natijani bermoqda.
Xususan, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlariga kelib tushayotgan murojaatlarga yechim topishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 5 719 ta murojaat kelib tushib, shundan 5 157 tasi ko‘rib chiqilgan, xususan, 2 868 ta murojaat qanoatlantirilgan, 2 289 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berilgan va 11 tasi tegishliligi bo‘yicha mazmunan hal etish uchun boshqa tashkilot va muassasalarga yuborilgan.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish mobaynida 2 543 ta holatda jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi.
Bugungi kunda xalq bilan uchrashib, joylarga chiqib ularning dardiga quloq tutish, Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarining ijrosini ta’minlash va ijobiy hal etish, shu orqali aholining roziligiga erishish maqsadida Byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i hududlarda reja-grafik asosida joylarda sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, fuqaro G.Erboyevaning sud qaroriga asosan qarzdor Sh.Erboyevdan 55.564382 so‘m qarz undirish yuzasidan qilgan murojaati o‘rganish davomida to‘liq undirilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari fuqaro S.Xolmatovaning qarzdor B.Xolmatovdan voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish yuzasidan qilgan murojaatini o‘rganish davomida 10.000.000 so‘m undirib berilgan.
Ijro ishlari doirasida qarzdorligini undirish yuzasidan murojaatchilarning arizalari nazoratga olinib, qanoatlantirish choralari ko‘rilmoqda.
Aholining ertangi kunga ishonchi ortishi va bugundan rozilik hissi bilan yashashini ta’minlashda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda yuzma-yuz muloqotlarning samarasi bo‘lakcha. Zero, xar bir murojaat ortida bir inson taqdiri yotganligini unutmaslik lozim.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring