date
views 264

Prezident ayrim mansabdorlarni tanqid qildi: “Ularda na taklif, na tashabbus bor”

Prezident ayrim mansabdorlarni tanqid qildi: “Ularda na taklif, na tashabbus bor”

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev viloyat hokimlarining mahalliylashtirish bo‘yicha yordamchilarini tanqid qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha yangi imkoniyat va zaxiralarni aniqlash uchun hududlarga ishchi guruhlari bordi. Misol uchun, Toshloqda yil yakunigacha qo‘shimcha 1 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyati aniqlandi.

Jumladan, ishlab chiqarishni kamaytirgan 23 ta sanoat korxonasida quvvatlarni tiklash hisobiga 900 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha  barcha hisob-kitoblar bor. Tumandagi 22 ta yangi loyihani ishga tushirishni tezlashtirish evaziga qo‘shimcha 50 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish imkoni bor.

Yana bir imkoniyat – tumanlarda sanoat kooperatsiyasini kengaytirib, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish. Masalan, “Olmaliq” kombinati mahalliy sanoat korxonalari bilan kooperatsiyani yo‘lga qo‘yib, polimer, quyma ehtiyot qismlar, kimyoviy reagent kabi 1 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.

Qayd etilishicha, xuddi shunday imkoniyatlar Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Xorazmda ham mavjud.

“Lekin bu borada viloyat hokimlarining mahalliylashtirish bo‘yicha yordamchilari ishi mutlaqo sezilmayapti. Ularda na taklif, na tashabbus bor”, — dedi prezident.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident ayrim mansabdorlarni tanqid qildi: “Ularda na taklif, na tashabbus bor”