18:52 / 13.09.2023
360

Marg‘ilonda yigit qizni majburlab mashinaga solib, olib ketmoqchi bo‘ldi (video)

Marg‘ilonda yigit qizni majburlab mashinaga solib, olib ketmoqchi bo‘ldi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida bir yigit qizni majburlab mashinaga solib, olib ketmoqchi bo‘lgani aks etgan video tarqaldi.

Tasvirda ko‘rinishicha, piyodalar yo‘lagida ketayotgan qiz orqasidan bir yigit kuzatib borib, Lacetti rusumli avtomobilga o‘tkazmoqchi bo‘lgan. Qiz qarshilik qilib, odamlardan yordam berishlarini so‘rab baqira boshlagan.

Qizni avtomobilga o‘tkazolmagan yigit mashinaga o‘tirib ketgan.

Voqea yuzasidan Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati boshlig‘i Usmonjon Sharipov izoh berdi.

Gumondor shaxslar Marg‘ilon shahri Ichki ishlar bo‘limiga chaqirtirilib, ularning shaxsiga oydinlik kiritilgan. Holat Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan” — dedi Usmonjon Sharipov.

Holat yuzasidan viloyat IIB qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qildi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat