Shveytsariyalik motosiklchi er yuzini 119 kunda aylanib chiqdi

Shveytsariyalik motosiklchi er yuzini 119 kunda aylanib chiqdi
Shveysariyalik motosiklchi er yuzini 119 kunda aylanib chiqdi

Grizli (qo‘ng‘ir ayiq) nomini olgan mashhur sayohatchi Urs Pedrayta Victory Cross Country rusumli mototsiklida er yuzining aholi yashovchi barcha qit’asini 119 kun 21 soatda aylanib chiqib avvalgi rekordni yangiladi, deb yozmoqda "Carzone.uz" sayti. Oldingi rekordchi Nik Sanders er yuzini aylanishga 120 kunu 2 soat sarflagan. Aytib o‘tish kerakki, Sanders mototsiklida qit’adan qit’aga o‘tish vaqtini chiqarib tashlagan, Urs Pedrayta esa o‘tish vaqtini ham sayohat muddatiga qo‘shdi.

Rekordchi sayohat davomida “qo‘l qovushtirib o‘tirib o‘tkazadigan vaqtini ham umumiy vaqtga qo‘shish adolatliroq bo‘lishi”ni aytib o‘tdi. “Bunday sayohatda to‘xtalishga o‘rin yo‘q”, dedi Pedrayta.

Urs Pedraytaning motosafari 12 mart kuni Florida shtatidan boshlandi. U janubi-g‘arbga yo‘l oldi. Yo‘lak kabi uzun davlat Chili chegarachilarining sustligi tufayli tarvuzi qo‘ltig‘idan tushgancha Avstraliyaga otlandi va bir haftaga bormay yashil qit’ani ham kezib chiqdi.

So‘ng samolyotda Afrikaga yetib oldi, qora qit’aning janubidan kirib shimolidan chiqqan motosiklchi Misrdan Yevropaga o‘tdi. “Qo‘ng‘ir ayiq” Rossiyaning Sankt-Peterburg, Moskva, Novosibirsk, Chita va Vladivostokigacha borib, janubi-sharqiy Osiyoni ko‘rdi. Keyin Singapurdan yana Alyaskaga uchdi.

Motosiklchi yo‘lining 1400 kmli bir qismini atigi 9 kunda bosib o‘tdi. Rekordchining umumiy bosib o‘tgan yo‘li 80 ming kmni tashkil qiladi. Aytgancha, Jyul Vern qahramoni kapitan Nemo ham suv ostida xuddi shuncha yo‘l bosib o‘tgan.
Shveytsariyalik motosiklchi er yuzini 119 kunda aylanib chiqdi

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar