date
views 351

"Toshkent-Termiz" yo‘nalishida harakat vaqtincha cheklandi

"Toshkent-Termiz" yo‘nalishida harakat vaqtincha cheklandi

"Toshkent-Termiz" yo‘nalishidagi barcha avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi Xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yo‘lining 10 km da joylashgan zovur ko‘prigining "Toshkent-Jizzax" yo‘nalishidagi qismida oraliq qurilma balkalarining 5 tasida yoriq vujudga kelib, cho‘kish hosil bo‘lgan.

Shu munosabat bilan "Toshkent-Termiz" yo‘nalishidagi barcha avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklandi.

"Ushbu yo‘nalishdagi avtotransport vositalari harakati xalqaro ahamiyatdagi M-34 "Toshkent - Dushanbe" avtomobil yo‘lining 104-152 kilometrlari hamda A-376 "Qo‘qon - Jizzax" avtomobil yo‘lining 219-242 kilometrlari orqali tashkil qilindi", - deyiladi xabarda.

Aytilishicha, barcha yo‘nalishlarda YPX postlari tashkil qilinib, harakat xavfsizligini to‘liq ta’minlash choralari ko‘rilgan. Ayni vaqtda mazkur ko‘prikda ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Toshkent-Termiz" yo‘nalishida harakat vaqtincha cheklandi