date
views 147

Oila tiklanishi ta’minlandi

Oila tiklanishi ta’minlandi

Mustahkam oila muammosi hozirgi vaqtda dunyoning ko‘pgina davlatlarini o‘ylantirib kelayotgan masalalar sirasiga kiradi.   
Hozirda Byuro organlari tomonidan ham bu borada, ya’ni oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, aliment undiruvi bilan bog‘liq ishlarni jadallashtirish va to‘lov intizomi bo‘yicha bir qator ijobiy ishlar olib borilmoqda.

 Xususan, Fufarolik ishlari bo‘yicha Xatirchi tumanlararo sudining 26.07.2022 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor A.A.dan undiruvchi G.X. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun u voyaga yetguniga qadar qarzdorning ish haqi va boshqa daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan Byuroning Yakkasaroy tuman bo‘limi davlat ijrochisi B.Alimardonovning taraflar bilan suhbat olib borishi, farzandlar tarbiyasida ota-onaning alohida o‘rni borligi hamda oilani mustahkamlash bo‘yicha tushunchalar berishi natijasida Yakkasaroy tumanida yana bir oila yarashtirilishiga hissa qo‘shilishi ta’minlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oila tiklanishi ta’minlandi