date
views 112

Jizzaxda Byuro xodimlari Xalq qabulxonasi bilan murojaatlarga hamkorlikda yechim topishmoqda

Jizzaxda Byuro xodimlari Xalq qabulxonasi bilan murojaatlarga hamkorlikda yechim topishmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi, Davlat organlari ishonch telefonlari hamda sayyor qabullari orqali kelayotgan murojaatlardagi muammolarning hal etilishi kutilgan natijani bermoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasi va uning tuman (shahar) bo‘limlariga kelib tushayotgan murojaatlarga yechim topishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida o‘tkazilgan sayyor qabullarda jami 95 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib 52 tasi qanoatlantirilgan hamda 43 ta fuqaroga huquqiy tushuntirish berilgan.

Misol uchun, fuqaro O.Abdurasulovaning murojaatida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor U.Abdurasulovdan aliment undirilmayotganligi bayon etilgan. Fuqaroning murojaati o‘z vaqtida o‘rganilib fuqaroga 21,5 mln. so‘m aliment pullari undirilishi ta’minlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda Byuro xodimlari Xalq qabulxonasi bilan murojaatlarga hamkorlikda yechim topishmoqda
-->