Toshkent shahar Uchtepa tumanda X.I. fuqarolar M.A., B.S. va A.A.ning ishonchiga kirib, ularni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Turkiya davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning tuman bo‘limi hamda IIV xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda fuqaro oldindan kelishilgan 46 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro H.R. fuqaro D.A.ga tanishlari yordamida Koreya davlatiga borish uchun viza olib berish va ishga yuborishi evaziga 1 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!