Alisher Usmonov 600 million dollarlik superyaxtasini onasining sharafiga “Dilbar” deb nomladi

Germaniyaning kemalar qurish bilan shug‘ullanadigan Lurssen verfi rossiyalik biznesmen Alisher Usmonovning 156 metrli Dilbar superyaxtasining umumiy sig‘imi 15 917 tonna kelishini rasman tasdiqladi. Bu haqda "Lenta.ru" nashriga asoslanib "Darakchi" xabar berdi.
Bugungi kunda Dilbar dunyodagi eng keng yaxta sanaladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni — Ummon sultoniga tegishli Al Said (15 850 tonn) va Abu-Dabi amirining Azzam (13 136 tonn) yaxtasi egallaydi. Ularning barchasi Lurssen tomonidan qurilgan.
Joriy yilda buyurtmachiga etkazilgan Dilbar yaxtasiga dizel-elektr kuchlanish uskunasi o‘rnatilgan, u kemaga soatiga 42 kilometr tezlikda harakatlanish imkonini beradi. Yaxtaning narxi oshkor etilmayapti, ammo ekspertlar uni 600 million dollarga baholashdi.
Forbes jurnali talqini bo‘yicha Rossiyaning eng boy uch odamidan biri bo‘lgan Alisher Usmonovning Dilbar yaxtasidan tashqari 110 metrli Ona superyaxtasi ham bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing