Foto: Videodan kadr
Toshkent shahri Uchtepa tumanida ish jarayonida o‘pirilish yuz berishi oqibatida tuproq ostida qolib ketgan uch kishidan ikki nafari halok bo‘lgan. Bu haqda tuman hokimi o‘rinbosari Aziz Naimov ma’lum qildi.
«Haqiqatan ham Uchtepa tumani Beshqayrog‘och ko‘chasida olib borilayotgan kollektor qurilishida (kotlovan qazish vaqtida) «Shafoat» ma’suliyati cheklangan jamiyatining 5 nafar xodimi ishlayotgan bo‘lgan. Ammo tuproq ko‘chishi natijasida 2 nafar ishchi xodim hayotdan ko‘z yumgan, 1 nafar xodim ayni damda kasalxonada, qolgan 2 nafar ishchining ahvoli qoniqarli baholanmoqda», deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida.
Avvalroq Uchtepa tumanida uch kishini kanalizatsiya suvlari uchun mo‘ljallangan chuqurlik qazish vaqtida tuproq bosib qolgani, ularni qutqarish ishlari olib borilayotgani haqida xabar berilgandi.
Ayni damda tuman IIB va boshqa huquqni muhofaza etuvchi idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!