date
views 163

O‘zbekistondagi zapravkalarda 9 mln litr neft mahsulotlari sifatsiz ekani aniqlandi

O‘zbekistondagi zapravkalarda 9 mln litr neft mahsulotlari sifatsiz ekani aniqlandi

Foto: “O‘zenergoinspeksiya”

O‘zbekistonda o‘tgan 9 oyda ayrim xususiy AYQSHlarda 9 million 150 ming litr neft mahsulotlari sifatsiz ekani aniqlanib, ularning iste’molga chiqarilishining oldi olindi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan neft mahsulotlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha joylarda muntazam ravishda nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning yanvar—sentyabr oylarida xususiy avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 225 ta holatda sifatsiz neft mahsulotlari sotilayotgani aniqlandi.

Natijada jami 179 million 39 ming litr neft mahsulotlarining 9 million 150 ming litri sifatsizligi bois iste’molga chiqarilmadi. Sifatsiz neft mahsulotlari eng ko‘p aniqlangan holatlar, asosan, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondagi zapravkalarda 9 mln litr neft mahsulotlari sifatsiz ekani aniqlandi