11:35 / 20.10.2023
92

Fuqarolarni AQSHga ishga jo‘natishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Fuqarolarni AQSHga ishga jo‘natishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chinoz tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro D.X. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uni 16 000 AQSH dollari evaziga tanishlari yordamida Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga jo‘natishini aytib, oldindan 3000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda esa muqaddam sudlangan F.M. fuqaro J.K.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimlardagi tanishlari yordamida 10 000 AQSH dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga jo‘natishini va’da qilib, oldindan 3200 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat