Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyatida 36 yoshli erkak 3 nafar voyaga yetmagan farzandini (2 qiz va 1 o‘g‘il) oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldirgani haqida xabar berilgandi.
Mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudida ko‘rib chiqilib erkakka nisbatan hukm o‘qilgan. Bu haqda «Yoshlar» telekanalining «Yangi davr» dasturida xabar qilindi.
Erkak sudda qotillikka Isroil davlatida ishlab kelayotgan turmush o‘rtog‘i bilan telefon orqali kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik sabab bo‘lganini, shunda jahli chiqib avval bolalarini, so‘ng o‘zini pichoqlaganini aytgan.
Sud hukmiga ko‘ra, erkak Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a», «v» va «j» bandlari (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi, ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ta shafqatsizlik bilan o‘ldirish) bilan aybli deb topilgan. Unga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring