07:42 / 23.10.2023
611

Toshkentda xotinini pichoqlagan erkak jinoyatiga izoh berdi

Toshkentda xotinini pichoqlagan erkak jinoyatiga izoh berdi

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida erkak o‘z ayolini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea joriy yilning may oyida tumandagi ko‘p qavatli uylarning birida sodir bo‘lgan. Erkak dastlab ayolining ko‘krak qafasining orqa qismiga, so‘ng old tomoniga pichoq tiqib, tan jarohati yetkazgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida mazkur holat yuzasidan sud ishi ko‘rib chiqildi. Sudlanuvchi nima sababdan bu jinoyatni sodir etganiga quyidagicha izoh berdi:

2011 yil ayolim bilan yaxshi niyatda turmush qurganmiz, ikki nafar farzandimiz bor. Qishda kelib, bahorda Rossiyaga ketardim ishlashga. May oyida telefonda boshqa erkak bilan gaplashayotganini eshitib qoldim, kim, deb so‘rasam, dugonam, dedi. Yolg‘on gapirishlar boshlandi. Bilsam spirtli ichimliklar ichadigan bo‘libdi, chekadigan bo‘libdi. 17 may kuni har xil so‘zlar bilan haqoratlab, nafsoniyatimga tegdi. Ruschalab so‘kindi, haromidan olib haromiga soldi, itning bolasi, dedi. Telefonni olib, sindirib tashlasam derazaga yugurdi, baqiraman, dedi. Bilmay qoldim, pichoqladim. Bolalarim chiqib qolganidan keyin o‘zimga keldim. Ikkalasi ham qo‘rqib ko‘chaga qochdi. Mingdan ming pushaymonman. Yaxshi ko‘rardim uni. Shu vaqtgacha oilam uchun yashab kelganman”, — deydi erkak.

Sud hukmi bilan erkak Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat