Shavkat Mirziyoyev Samanta Pauer boshchiligidagi AQSh delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Samanta Pauer boshchiligidagi AQSh delegatsiyasini qabul qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 oktyabr kuni AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) administratori Samanta Pauer boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Delegatsiya Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQShning vazirlar darajasidagi taraqqiyot masalalari bo‘yicha uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatda bo‘lib turibdi.

Shavkat Mirziyoyev Samanta Pauer boshchiligidagi AQSh delegatsiyasini qabul qildi

Konstruktiv va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekistonda USAID bilan hamkorlikda sog‘liqni saqlash, ta’lim, “yashil” energetika, agrobiznes va boshqa yo‘nalishlarda bir qator loyihalar ro‘yobga chiqarilgan va davom ettirilyapti.

Shavkat Mirziyoyev Samanta Pauer boshchiligidagi AQSh delegatsiyasini qabul qildi

Suhbat chog‘ida joriy yilning sentabr oyida Nyu-York shahrida BMT Bosh assambleyasi sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan S5+1 formatidagi davlat rahbarlari sammitida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar