Konstitutsiyamizning 42-moddasida har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega ekani mustahkamlab qo‘yilgan.
Ammo shunga qaramay, kundalik hayotda mehnat bilan bog‘liq nizolar uchrab turadi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudining 15.09.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Shovot tumanidagi ta’lim muassasalarining biridan undiruvchi X.P. foydasiga 94 mln. so‘m ustama haqi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Shovot tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor muassasadan fuqaro X.P. foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan 94 mln. so‘m ustama haqi pullari to‘liq undirib berilishi ta’minlandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring