14:27 / 03.11.2023
100

Shavkat Mirziyoyev Turkiy dunyo xartiyasini ishlab chiqishni taklif etdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy dunyo xartiyasini ishlab chiqishni taklif etdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 3 noyabr kuni Ostonada bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida Turkiy dunyo xartiyasini ishlab chiqishni taklif etdi.

Tashkilot doirasida o‘zaro hurmat, ishonch va ochiqlik tamoyillarini mustahkamlash, birgalikda turli to‘siqlarni samarali yengib o‘tish bosh maqsadimizdir. Shu munosabat bilan Turkiy xalqlar birdamligini, ularning buyuk o‘tmishi va boy madaniyatini, azaliy qadriyatlarini ifoda etadigan Turkiy dunyo xartiyasini ishlab chiqish zarur, deb hisoblayman”, —  dedi prezident.

Davlat rahbari sammitda temiryo‘l idoralari kengashini ta’sis etishni va bu tuzilmaning direksiyasini O‘zbekistonda joylashtirishni ham taklif etdi.

Davlatlarimiz temiryo‘l idoralari kengashini ta’sis etishni va bu tuzilmaning direksiyasini yurtimizda joylashtirishni taklif etamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Uning ta’kidlashicha, global logistika zanjirlari va transport yo‘laklarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, yagona tranzit tarmog‘ini shakllantirish masalalari dolzarb ahamiyatga ega.

Davlat rahbari yuk tashuvlariga o‘sib borayotgan talabni qondirish maqsadida O‘zbekiston O‘rta koridor salohiyatini kengaytirish choralarini qo‘llab-quvvatlashini, shuningdek, qo‘shimcha ko‘ptarmoqli yo‘nalishlarni, jumladan, Xitoy, Janubiy Osiyo va Yevropa bozorlariga turkiy mamlakatlar orqali o‘tadigan koridorlarni rivojlantirish hamda transport xizmatlarini raqamlashtirish tarafdori ekanini aytdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat