Samarqandda AQSHga viza rasmiylashtirib berish evaziga 15 ming dollar olgan shaxslar ushlandi

Samarqandda AQSHga viza rasmiylashtirib berish evaziga 15 ming dollar olgan shaxslar ushlandi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida AQSHga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilishicha, departamentning Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda M.X., D.X. ismli shaxslar va boshqalar fuqaro R.M.ni 20 ming dollar evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga viza hujjatlarini rasmiylashtirib ishga yuborishni va’da qilgani aniqlangan. Ular oldindan 15 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar