Samarqandda boshqaruv servis kompaniyalari foydasiga 3 uch kunda 507.6 mln so‘mlik qarzdorlik undirildi
Qarzdorlar orasida o‘z xatti-harakatlarini xizmatlar to‘liq yetkazib berilmaganligi va ularning sifati lozim darajada emasligi bilan oqlamoqchi bo‘lganlar ko‘p topiladi.
Kommunal xizmatlarni yetkazib beruvchilarga nisbatan e’tirozlarni ular yuzaga kelishi bilan yozma shaklda bildirish orqali ularning o‘sha zahoti bartaraf etilishiga yoxud boshqa qonuniy qarorlar qabul qilinishiga erishish lozim. Biroq, indamay turib, xizmatlar haqqini to‘lashdan o‘zboshimchalik bilan bosh tortish qarzdorlik yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi, uni esa baribir to‘lashga to‘g‘ri keladi.
Xususan, Byuroning viloyat boshqarmasi tomonidan mavjud qarzdorliklarni kamaytirish borasida joylarda va aholi o‘rtasida kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni tegishli xizmatlarning eslatishiga o‘rin qoldirmay, o‘z vaqtida to‘lash kerakligi to‘g‘risida keng qamrovli tushuntirish ishlari hamda undiruvlar tashkil etilgan.
Jumladan, davlat ijrochilari tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining tegishli ijro hujjatlari hamda targ‘ibot tadbirlari davomida boshqaruv servis kompaniyalari foydasiga 507,6 mln so‘mlik qarzdorlik undirilib, ijro hujjatlari amalda tamomlanmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring