date
views 296

Qarz olgan qochar, qarz bergan quvar(mi?)

Qarz olgan qochar, qarz bergan quvar(mi?)

Yaxshi bilamizki, mikrokredit mablag‘idan haqiqatda foydalangan qarzdor kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamaganda, qarzdorlikni kafil o‘z mablag‘lari (mol-mulki) hisobidan to‘lashga majbur bo‘ladi.

Olgan qarzdorlik o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, bank yoki mikrokredit tashkilotlari sudlarga murojaat etishadi.

Jumladan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 16.08.2023 yildagi qaroriga ko‘ra, qarzdor D.R.dan undiruvchi “M.F.IN” mikrokredit tashkiloti MCHJ foydasiga jami 56.971.960 so‘m qarzdorligini undirish hamda undiruvni qarzdorga tegishli “Cobalt” rusumli avtotransport vositasiga qaratish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan Byuroning Yozyovon tuman bo‘limi tomonidan qonunda belgilangan tartibda ijro harakatlari olib borilib, qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan.

Biroq, qarzdor o‘z majburiyatini unutib qo‘yganligi hamda berilgan ixtiyoriy muddatda qarzdorlikni bartaraf qilmaganligi sababli majburiy ijro harakatlariga kirishilib, unga tegishli avtotransport vositasi xatlanganidan so‘ng, xatosini anglab yetgan D.R. "baribir to‘lashim kerak ekanda", - deya shoshilib Yozyovon tumaniga kirib keldi va kredit qarzdorligidan to‘planib qolgan 56,9 mln. so‘m qarzdorlikni bartaraf etib, “Cobalt” rusumli avtomashinasini haydab ketdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarz olgan qochar, qarz bergan quvar(mi?)