Ma’lumki, mamlakatimiz miqyosida joriy yilning 25 oktyabridan "Yashil makon" umummilliy loyihasining kuzgi bosqichi uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
Aynan yurtni yanada obod etish, atrof-muhit musaffoligini ta’minlashdek ezgu tashabbusda Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan ham alohida hissa qo‘shilmoqda. Bugun erta tongdan Uchqo‘rgon tumanida joylashgan Namangan davlat o‘rmon xo‘jaligining "Terakzor" bo‘limida ajratilgan 1.20 gektar maydonda manzarali daraxt ko‘chatlari ekish boshlandi.
Asosiy e’tibor yer va tuproq sharoitiga mos, suv tarmoqlari mavjud bo‘lganligiga qaratildi hamda tadbirning birinchi kunida jami 650 tadan ortiq pavloniya, chinor daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
Umuman olganda, Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan loyihaning kuzgi bosqichida jami 17.000 dona ko‘chat ekish rejalashtirilgan.
O‘z o‘rnida ta’kidlash kerakki, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan ko‘chat ekish ishlarida o‘z tavsiyalarini berishmoqda. Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring