23:20 / 21.11.2023
156

Asakalik ota 5 yil uchun 5 ming AQSH dollarini to‘ladi

Asakalik ota 5 yil uchun 5 ming AQSH dollarini to‘ladi

Aliment to‘lovchi shaxs voyaga yetmagan farzandlari uchun belgilangan aliment pullarini besh yildan kam bo‘lmagan muddat uchun oldindan to‘lashi mumkin. Asaka shahrida yashovchi qarzdor S.Parpiyev ham farzandi uchun 5 yillik aliment pullarini oldindan to‘lash istagini bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudining 27.03.2023 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor S.Parpiyevdan undiruvchi Sh.Paqirova foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Ijro harakatlari davomida S.Parpiyev 5 yillik aliment pullarini bir yo‘la to‘lash istagini bildirib, 5000 AQSH dollari (61 mln. so‘m) miqdoridagi mablag‘ni 2028 yilning yanvar oyiga qadar bo‘lgan aliment to‘lovi uchun to‘lab berdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat