Foto: Transport vazirligi
Xitoyning Hishain kompaniyasi O‘zbekistonda logistika markazlari ochadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoyga tashrifi doirasida Guanchjouda O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi o‘tkazildi.
Uning doirasida Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov Xitoyning Hishain Surrly Shain kompaniyasi prezidenti bilan uchrashdi.
Uchrashuvda kompaniya bilan hamkorlikda Andijon, Navoiy va Qoraqalpog‘istonda yangi logistika markazlari tashkil etish bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi.
Tomonlar bu yo‘nalishdagi hamkorlik aloqalarini tezlashtirish va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli memorandumni imzoladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar