
Toshkent viloyatining Parkent tumanida ota 11 yoshli o‘g‘liga avtomobilini boshqarishni topshirgani uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda IIV JXD Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ota avtomobilini 11 yoshli o‘g‘liga ishonib topshirgan, uni boshqarayotganini tasvirga olib, “katta yigit bo‘lib qolganini” ta’kidlagani haqidagi video tarqaldi. Ma’lum qilinishicha, ota javobgarlikka tortilgan.
Biroq shunga qaramay, u o‘g‘liga yana avtomobilini ishonib topshirgan, uni yo‘lda boshqarib ketayotganini videoga olgan va “endi shtrafnoyga tushsang, mashinani o‘zing olib chiqasan, men boshqa aralashmayman” degan.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, ota ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar