16:23 / 25.11.2023
142

Qoraqalpog‘istonda 1,8 gektar yerni 350 mln so‘mga sotishga uringan shaxs ushlandi

Kadr: Telegram

DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida noqonuniy yer savdolariga chek qo‘ydi.

Jumladan, DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha bosharmasi tomonidan departament hamda ichki ishlar hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda To‘rtko‘l tumanida yashovchi shaxs fuqaroga 30 yil muddatga dehqonchilik qilish maqsadida ajratilgan tumandagi 1,8 gektar yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 350 million so‘m olgan vaqtida ushlangan.

Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tadbirda esa Oqdaryo tumanida yashovchi fuqaro o‘zi faoliyat yuritib kelayotgan fermer xo‘jaligiga tegishli 20 sotix yer maydonini 40 ming dollari evaziga sotishga kelishib, mazkur pul mablag‘ini olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Farg‘ona tumani yashovchi fuqaro mazkur tumanda joylashgan, tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydonidan 1 gektarini xaridorga 28 ming dollarga sotishni hamda ushbu yer maydonini mansabdor tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan. Natijada, u mazkur yer maydoni uchun pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlangan.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat