Foto: TIV
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy elchisi Yuy Szyunni qabul qildi.
«Bugun Xitoyning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun janoblarini qabul qildik», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
O‘zbekiston–Xitoy keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari kun tartibini kengaytirish, oliy darajada avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, bo‘lajak muloqotlar muhokama markazida bo‘ldi.
21 noyabr kuni Pekinda O‘zbekiston va Xitoy Tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalari o‘rtasida birinchi strategik muloqoti bo‘lib o‘tdi. Delegatsiyalarga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I rahbarlik qildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi, shuningdek, XXRning moliya-iqtisodiy markazlari – Guanchjou va Shanhayda samarali muzokaralar o‘tkazdi hamda ikki tomonlama biznes-forumlarda qatnashdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!