Majburiy ijro byurosi Zangiota tuman bo‘limi ish yurituvida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.07.2009 yildagi “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi” 200-sonli Qaroriga muvofiq jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudining 24.08.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan Zangiota tuman IIB ashyoviy dalillar xonasida saqlanayotgan qarzdor Ye.Orinbekovdan olingan jami 2000 dona quti 72.000 dona kapsula, ”Reduksin Layt” nomli dori vositalari yo‘q qilinishi belgilangan.
Shunga asosan Byuroning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan "Eshonguzar" hududida joylashgan maxsus chiqindixonada tegishli tartibda komissiya a’zolari ishtirokida ijro harakatlari o‘tkazildi. Yo‘q qilish jarayoni ekologik va barcha sanitar epidemiologik talablar asosida yoqib yuborish yo‘li bilan amalga oshirildi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring