Toshkent shahrida qalbaki dollarni sotayotgan shaxslar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda muqaddam sudlangan J.A. va boshqalar Chilonzor tumani, 6 mavzesida jami 400 dona 50 AQSH dollarlik qalbaki 20 000 AQSH dollarini fuqaro K.N.ga 10 000 dollarga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar