10:10 / 06.12.2023
137

Ruhiy salomatlik markazining psixiatriya va narkologiya bo‘yicha hududiy filiallari tashkil etiladi

Ruhiy salomatlik markazining psixiatriya va narkologiya bo‘yicha hududiy filiallari tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda psixiatriya va narkologiya yordami ko‘rsatishning yagona tashkiliy-uslubiy vertikal boshqaruv tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:

O‘zbekistonda psixiatriya va narkologiya yordami ko‘rsatishning yagona tashkiliy-uslubiy vertikal boshqaruv tizimi tashkil etilishi;

Sog‘liqni saqlash vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar psixiatriya va narkologiya muassasalari Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy bo‘linmalari etib belgilanishi;

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya va narkologiya bo‘yicha hududiy filiallari tashkil etilishi;

qo‘shib yuborish yo‘li bilan qayta tashkil qilinayotgan psixiatriya muassasalari belgilanishi.

Qarorning qabul qilinishi quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

psixiatriya muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali va zamonaviy mexanizmi joriy etiladi;

hududlardagi psixiatriya va narkologiya muassasalari markazning hududiy tashkiliy-uslubiy bo‘linmalari (filiallari)ga aylantiriladi xamda ular tibbiyot oliy, professional va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining tegishli kafedralari uchun asosiy klinik baza sifatida faoliyat yuritadi;

markaz ixtisoslashtirilgan psixiatrik, narkologik va tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatish integratsiyasini yo‘lga qo‘yadi;

ruhiy salomatlikni ta’minlash yo‘nalishidagi ishlar sog‘liqni saqlashning barcha darajalarida muvofiqlashtiriladi va nazorat qilinadi.

Qaror ijrosi orqali quyidagi natijalarga erishiladi:

respublika, viloyat va tuman (shahar) darajasidagi psixiatriya va narkologiya muassasalari, shu jumladan ularning bo‘linmalari tomonidan profilaktika, tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha ma’lumotlar markaz va uning hududiy filiallariga muntazam taqdim etilishi yo‘lga qo‘yiladi;

markaz va uning hududiy bo‘linmalari o‘rtasida elektron hujjatlar almashinuvi, telemeditsina va video konsultatsiyalar yo‘lga qo‘yiladi;

masofaviy psixiatriya yordami keng joriy etiladi hamda tibbiy hujjatlarni elektron shaklda yuritish yo‘lga qo‘yiladi;

keng aholi qatlamini davlat tomonidan kafolatlangan to‘liq hajmdagi psixiatrik, narkologik va tibbiy psixologik yordam bilan qamrab olish ko‘lami kengayadi;

sifatli tibbiy yordam choralarini o‘z vaqtida ko‘rsatish imkoni yaratiladi;

psixiatrik va narkologik bemorlarni davolash uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi, ularni davolashning keng qamrovliligi ta’minlanadi.

aholiga ko‘rsatiladigan psixiatrik, narkologik va tibbiy psixologik yordam samaradorligi sezilarli darajada oshadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat