08:53 / 08.12.2023
57

Abu-Dabi O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarish va iqlim ta’sirini yumshatishga ko‘maklashadi

Abu-Dabi O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarish va iqlim ta’sirini yumshatishga ko‘maklashadi

Dubayda COP28 forumi doirasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Tadweyer (Abu Dabi Waste Management Company — Abu-Dabi chiqindilarni boshqarish kompaniyasi) o‘rtasida memorandum imzolandi.
 
Memorandumdan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Tadweyer kompaniyasi bosh direktori Ali al-Dhaheri o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda 2019 yildan buyon yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikning kengayishi BAA va O‘zbekiston o‘rtasidagi mustahkam va ijobiy munosabatlardan dalolat berishi qayd etilgan. Shuningdek, memorandum imzolanishi hamkorlikning yangi bosqichga ko‘tarilganini ifodalashi ta’kidlangan.

Ta’kidlanishicha, memorandum qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishda zamonaviy, innovatsion va ekologik toza texnologiyalar hamda xizmatlarni joriy etish hamda barqarorlikni oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda “Chiqindilarni energiyaga aylantirish” zavodi ishga tushirilishi ham rejalashtirilgan.

Loyiha Navoiy, Buxoro viloyatlari va Farg‘ona vodiysiga qaratilgan texnik-iqtisodiy asoslashdan boshlanadi, har bir hududda chiqindilarni yo‘q qilish amaliyoti o‘rganiladi. Tadweyer kompaniyasining boshqaruvchi direktori va bosh direktori Ali al-Dhaheri hamkorlikdan mamnun ekanligini bildirdi.

Hamkorlik doirasida maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish, shuningdek, saralash, qayta ishlash va utilizatsiya qilishni boshqarish tizimi ishlab chiqiladi. Elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish uchun poligon gazini qazib olishga ham e’tibor qaratiladi. Loyiha doirasida qattiq maishiy chiqindilarni ishlab chiqaruvchi korxonalarda chiqindilarni saralash liniyalari o‘rnatish, plastmassa, qog‘oz, shisha va alyuminiy kabi ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash korxonalarini tashkil etish ham ko‘zda tutilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat