Foto: IIBB axborot xizmati
Farg‘ona viloyatida «Dolzarb 40 kunlik» maxsus profilaktik tadbirlari doirasida 96 ta jinoyat aniqlandi va bir qator jinoyat olami vakillari ushlandi.
Viloyat IIB xabariga ko‘ra, jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashiringan 50 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi. Guruhbozlikka aloqador 25 nafardan ortiq shaxs bezorilik ustida qo‘lga olindi.
O‘tkazilgan tadbirlarda 5 kg 921 gramm giyohvandlik vositasi, 414 dona psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi modda, 42 ta qurol-yarog‘lar, 221 ta o‘q-dorilar, 61 dona turli jinoyatga daxldor materiallar tayyorlangan kompyuter, telefon hamda taqiqlangan diniy adabiyotlar ashyoviy dalil tariqasida olindi.
Toshloq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro o‘z xonadonida 8 dona jangovar ov quroli o‘q dorilari, 61 dona gilzalar, 400 gramm porox, 140 dona 5,6 mm kalibrli jangovar o‘q-dorilar qonunga xilof ravishda saqlab kelingani aniqlandi.
9 dekabr kuni tezkor xodimlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirlarda muqaddam Jinoyat kodeksining 164-, 165-, 166- hamda 277-moddalari bilan sudlangan, Marg‘ilon shahrida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan, «tezkor vaziyatga salbiy tasir ko‘rsatib kelgan, jinoiy tajovuzkor» B.Hamidov ham ushlandi. U shaxsga og‘ir tan jarohati yetkazib, yashirinib yurgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!