07:00 / 14.12.2023
314

O‘zbekiston bosh archasi qayerga o‘rnatilishi ma’lum qilindi

O‘zbekiston bosh archasi qayerga o‘rnatilishi ma’lum qilindi

Toshkent shahar hokimligi Yangi yil bayrami munosabati bilan poytaxtda o‘rnatiladigan bayram archalari haqida ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, asosiy archa Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi old maydonida tashkil qilinib, 28 dekabr — 8 yanvar kunlari, soat 11:00 dan 23:00  gacha tashrif buyuruvchilarni qabul qiladi.

Shuningdek, bayram tadbirlari quyidagi manzillarda bo‘lib o‘tadi:

  • Food city majmuasi — 28-dekabrdan 5-yanvargacha soat 13:00-19:00;
  • “Furqat” bog‘i — 28-dekabrdan 5-yanvargacha soat 13:00-19:00;
  • Markaziy bog‘ 27-dekabr 8-yanvargacha soat 11:00-22:00;
  • “Yangi O‘zbekiston” bog‘i 27-dekabrdan — 8-yanvaragacha soat 13:00-19:00;
  • “Lokomotiv” bog‘i — 28-dekabrdan 5-yanvargacha soat 13:00-19:00;
  • Markaziy xiyobon — 28-dekabrdan 5-yanvargacha soat 13:00-19:00;
  • Talabalar shaharchasi — 28-dekabr 5-yanvar, soat 13:00-19:00;
  • “Anhor Lokomotiv” bog‘i — 27-dekabr 8-yanvar, soat 11:00-22:00;
  • Tashkent City bog‘i — 27-dekabrdan 8-yanvargacha soat 11:00-22:00;
  • Seul Eko-bog‘i — 28-dekabrdan 5-yanvargacha soat 13:00 — 19:00;
  • “G‘ofur G‘ulom” nomidagi bog‘ — 27-dekabrdan 8-yanvargacha soat 11:00-22:00;
  • Humo Arena muz saroyi old maydoni — 27-dekabrdan 8-yanvargacha, soat 11:00-22:00;
  • Magic city bog‘i — 27-dekabrdan 8-yanvargacha soat 11:00-22:00;
  • Next savdo majmuasi — 28-dekabrdan 5-yanvargacha soat 13:00-19:00;
  • “Aviasozlar” madaniyat saroyining old tomoni — 28-dekabrdan 5-yanvargacha soat 13:00-19:00;
  • “Ashxobod” bog‘i — 27-dekabrdan 8-yanvargacha soat 11:00-20:00;
  • Index savdo majmuasi — 28-dekabr 5-yanvargacha soat 13:00-19:00.

Eng baland sanalgan O‘zbekiston bosh archasi 2022-yilda ham Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi old maydonida o‘rnatilgandi. 2021 yilda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘rnatilgandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat