date
views 170

Rossiya O‘zbekistonda tog‘-chang‘i kurorti qurishni rejalashtirmoqda

Rossiya O‘zbekistonda tog‘-chang‘i kurorti qurishni rejalashtirmoqda

Rossiyaning ommabop "Argumenti i fakti" haftanomasida "Rossiyalik investorlar O‘zbekistonda tog‘-chang‘i kurortini quradi" sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Maqolada Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatiga tayanib, Rossiyadan kelgan investorlar O‘zbekiston hududida yana bir dam olish maskani yaratish niyatida ekani haqida xabar qilingan.

Gazetada yozilishicha, tadbirkorlar tog‘-chang‘i kurortini quradilar, shuningdek, uni uchta kanat yo‘li va besh yulduzli mehmonxonalar bilan jihozlash rejalashtirilgan.

"Qishki oromgohni barpo etish uchun jami 300 million AQSH dollari sarmoya kiritiladi. Rejaga ko‘ra, loyihaning birinchi bosqichini amalga oshirish 2026 yilga mo‘ljallangan", - deya ma’lumot beradi "Argumenti i fakti" gazetasi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiya O‘zbekistonda tog‘-chang‘i kurorti qurishni rejalashtirmoqda