Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi delegatsiyasi ish beruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazish maqsadida Saudiya Arabistonida bo‘ldi.
Migratsiya agentligi xabariga ko‘ra, delegatsiya a’zolari Ar-Riyod shahrida ko‘plab salohiyatli ish beruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Natijada, o‘zbekistonlik malakali mutaxassislarni tibbiyot, xizmat ko‘rsatish, IT va ishlab chiqarish sohalarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilishga kelishib olindi.
Shuningdek, fuqarolar Saudiya Arabistoniga ishga ketishidan oldin ushbu davlat standartlari asosida o‘qitilishi alohida ta’kidlandi.
Kambag‘allikni QisqartirishBandlik VazirligiTashqi MehnatMigratsiya AgentligiSaudiya ArabistoniO‘zbekistonlik Mutaxassislar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing