Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan soliq idoralari bilan hamkorlikda soliq qarzdorliklarini undirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, Byuroning Toshkent viloyati va uning hududiy bo‘limlari tomonidan ham soliq qarzdorliklarni undirish bo‘yicha keng qamrovli ijro harakatlari olib borilmoqda.
Misol uchun,Byuroning Toshkent tuman bo‘limi tomonidan qarzdor “Asv. distel.” MCHJdan 3 mlrd so‘m soliq karzdorligi undirilgan.
Shuningdek, to‘lanmay qolgan kredit qarzdorliklarini banklar foydasiga undirish bo‘yicha ijro hujjatlarining salmog‘i ko‘payadi.
Shu kunlarda Byuro organlari tomonidan sud hujjatlari asosida bank kredit qarzdorliklarini undirish bo‘yicha keng qamrovli tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Jumladan, Byuroning Toshkent viloyati Quyichirchiq tuman bo‘limi ish yurituvida Iqtisodiy ishlar bo‘yicha Quyichirchiq tumanlararo sudining "A.A.B." MCHJdan, undiruvchi Xalk Banki foydasiga 4 mlrd. sum kredit karzdorligini undirish bo‘yicha ijro hujjati mavjud.
Bo‘lim davlat ijrochilarining olib borgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor korxonaning hisob raqamiga band qo‘yilib, mol-mulklari xatlangan.
Natijada qarzdor korxonadan, undiruvchi Xalq banki hisobiga 4 mlrd. so‘m kredit qarzdorlik undirilib, ijro hujjati amalda tamomlangan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring